Odam papillomasi virusi (Human papillomavirus, HPV) terida va shilliq pardalarda joylashuvchi keng tarqalgan virus guruhidir. Ular jinsiy aloqa orqali yuqadi, biroq u virusga chalingan organizmga ham tegilganda yuqishi mumkin. 200 dan ortiq HPV turlari mavjud bo‘lib, ulardan taхminan 30 tasi genital organlarni infeksiyaga olib kelishi mumkin. Bachadon bo‘yni saratoni bu —inson hayoti uchun xavfli kasallikdir. Bunda saraton bachadon ichiga o‘sib, chuqur tarqashi mumkin.
Yurtimizda mazkur kasallikka qarshi vaksinatsiya ishlari 2019 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi odam papillomasi virusi (VPCh)ga qarshi vaksinani 9 yoshli qiz bolalar uchun joriy qildi. Ushbu vaksina Milliy immunizasiya taqvimidagi 13-vaksinadir. Uning olib borilishi ham yana bir og‘ir kasallik bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi.
Vaksinalar HPV bilan kurashishning asosiy usullaridan biri. Ular o‘zlarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlaydigan klinik sinovlardan o‘tdilar. Ular 16 va 18 HPV turlarini keltirib chiqaradigan saraton kasalligiga qarshi himoya qilishni ta'minlaydi. Tanada begona moddalar paydo bo‘lsa u bilan kurashish uchun organizm himoya vositalarini ishlab chiqaradi.
Joriy yilning aprel va may oylarida Yangiqo`rg`on tumanida 9 yoshdagi 2085 nafar qiz bolalarni odam papilloma virusi (HPV)ga qarshi vaksina bilan emlash ishlarining o‘tkazilishi rejalashtirilgan. «Barcha ota-onalar farzandlarini emlatishlari kerak. Bu bizning eng yaxshi himoyamizdir.»
T.Umarqulov
A.Xomidov,
Yangiqo`rg`on sanepidqo`mita tuman bo`limi xodimlari





