Hozirda viloyatimiz hududlaridagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.


Bugun Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligidan ishchi guruh ana shunday manzillardan biri - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Rovot” mahallasi bo‘lib, obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga mahalladagi xonadonlar ham ko‘zdan kechirilib, bahorgi ekin mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi va aholining muammo hamda takliflari tinglandi.
O‘rganishlar davomida mahallada barpo etilayotgan MFY binosining loyihasi taqdimoti bilan ham tanishilib, kelgusidagi belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati (https://www.youtube.com/channel/UCeFY79FFQX4rP2Qsx0Gxnww)





